» » Key-Liga. Doston Tursunovning 94-daqiqadagi goli “Pusan Ay Park”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Key-Liga. Doston Tursunovning 94-daqiqadagi goli “Pusan Ay Park”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 16-turida “Sonnam” jamoasi 14-avgust, juma kuni “Pusan Ay Park”ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi asosan maydon markazida kechdi, vaziyatlar yaratishda maydon egalari faollik ko‘rsatdi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Yu In Su sonnamliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Barchasi mezbonlarning g‘alabasi tomon ketayotgan bir vaqtda Doston Tursunov hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda muvozanatni tiklashga erishdi.

Mazkur bahsda “Sonnam”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jamshid Iskandarov ikkinchi bo‘lim avvalida zaxira olingan bo‘lsa, pusanliklar klubida harakat qiluvchi Doston Tursunov to‘liq harakat qildi.

“Sonnam” ochkolarini 18 taga yetkazib olgan holda 6-pog‘onada ketmoqda. Pusan klubi esa (16) 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Key-Liga

16-tur bahsi

14-avgust, juma

Gollar: 1:0 – 61 Yu In Su, 1:1 – 90+4 Tursunov.

“Sonnam”: Kim Yon Gvan, Lim Shin Gyom, Yon Je Un, Li Te Hi, Yu In Su, Kim Don Hyon, Pak Te Jun, Li Chan Yon (An Yon Gyu, 90), Iskandarov (Kim Hyon Son, 46), Na San Ho, Yan Don Hyon (Kish, 78).

“Pusan Ay Park”: Kim Ho Jun, Kim Myon Jun, Tursunov, Kan Min Su, Kim Mun Hvan, Pak Jun Gan, Pak Chon U, Li Don Jun, Romulo, Kvon Hyok Kyu (Kim Byon O, 61), Li Chon Hyop (Gustavo, 65).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют