» » O‘zbekistonliklar xorijda dam olish uchun har yili 1,2 mlrd dollar sarflamoqda

O‘zbekistonliklar xorijda dam olish uchun har yili 1,2 mlrd dollar sarflamoqda


O‘zbekistonliklar har yili chet elda dam olish uchun 1,2 milliard dollar atrofida mablag‘ sarflamoqda. Buning asosiy sabablaridan biri O‘zbekistonda barcha talablarga javob beradigan zamonaviy turistik majmualar soni kamligi hisoblanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 14-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Bo‘stonliq tumanidagi turistik loyihalar taqdimotida ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Bo‘stonliq tumanida “Bildirsoy—Chimyon—Nanay” xalqaro kurorti tashkil etiladi

Qayd etilishicha, mamlakatda zamonaviy turistik majmualar sonini ko‘paytirish maqsadida oxirgi yillarda barcha hududlarida, jumladan, Bo‘stonliq tumanida ham to‘liq tadbirkorlar mablag‘i hisobiga yirik loyihalar amalga oshirildi. Xususan, “Amirsoy” majmuasi bir yarim yil ichida qurib foydalanishga topshirildi.

Mavzuga doir: Aziz Abduhakimov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birga Bo‘stonliq tumaniga ham rahbarlik qiladi

Ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi sababli xalqaro qatnovlar to‘xtab, transportlar harakati cheklangani butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham turizm sohasiga zarar keltirdi. Mamlakatda 1500 dan ortiq turoperator, 1200 ta mehmonxonaning faoliyati to‘xtab qoldi. Bu vaziyat sohaga aloqador savdo, hunarmandchilik, transport, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida minglab odamlarning bandligi va daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shu bois davlat tomonidan bu sohani qo‘llab-quvvatlash, sayyohlik maskanlari faoliyatini bosqichma-bosqich tiklash choralari ko‘rilmoqda. 2020-yil 28-mayda Prezidentning “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 19-iyunda “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda tarmoqqa pandemiyaning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qator yengilliklar berildi.

Respublika maxsus komissiyasining 12-avgustdagi qaroriga muvofiq, 15-avgustdan boshlab avtotransport vositalari harakati, mahalliy avia va temiryo‘l qatnoviga ruxsat berildi. Sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, xostellar va boshqa dam olish maskanlari faoliyati tiklanadi. Qayd etilishicha, bular mamlakatda sayyohlik yana rivojlanishiga sharoit yaratadi.

Taqdimotda sohada amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi rejalar haqida axborot berildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati juda yuqori. Lekin uzoq yillar davomida bundan yetarlicha foydalanilmadi. Bahavo tabiat, qulay iqlim va yilning barcha faslida maroqli hordiq chiqarish imkoniyati bo‘lsa-da, hududda sayyohlarni jalb etadigan yirik va zamonaviy loyihalar amalga oshirilmadi. Bugun Bo‘stonliq tumanida turistik hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtning o‘zida qator muhim masalalarni hal qilish ko‘zda tutilgan.

“Asosiy maqsadimiz, eng avvalo, turizm sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, odamlarning manfaatini inobatga olib, xalqimiz uchun bahavo, arzon, xavfsiz va 12 oy davomida qulay dam olish sharoitlarini yaratishdir. Bo‘stonliq kabi maskanlarga O‘zbekistonning barcha hududlaridan yurtdoshlarimiz kelib hordiq chiqarishi, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar boshqa hududlarimiz uchun ham namuna bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga 2020-yilning birinchi choragida 1,2 mln sayyoh tashrif buyurdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют