» » Buxoroda karantin tartibi yumshatilishiga qaramasdan nima uchun buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilmaganiga izoh berildi

Buxoroda karantin tartibi yumshatilishiga qaramasdan nima uchun buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilmaganiga izoh berildi


Buxoro viloyatidagi buyum bozorlari standartga asosan qurilgan bo‘lsa-da, ichki yo‘laklari juda tor va tiqilinch. Shu boisdan ham viloyatda karantin tartibi yumshatilishiga qaramasdan buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilmagan. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Farhod Umarov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, buyum bozorlarida tadbirkorlar tomonidan qo‘shimcha qurilishlar olib borilgani yo‘laklarning yanada torayishiga sabab bo‘lgan.

Ma’lumki, 2020-yilning 6-avgustidan boshlab, respublikaning ayrim viloyatlarida karantin talablari yumshatildi. Buxoroda viloyatida esa cheklovlar 10-avgustdan boshlab yumshatila boshlandi.

Belgilangan tartibga muvofiq 1070 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi), mehmonxonalar, individual shug‘ullanish uchun trenajyor zallariga, shuningdek, viloyatdagi jami 3006 ta tadbirkorlik subyekti bo‘lgan mavjud sakkizta buyum bozori, qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi obyektlar, nooziq-ovqat mahsulotlari sotuvchi shoxobchalar, 725 ta sartaroshxona va 333 ta go‘zallik saloni, 632 ta nodavlat ta’lim markazi, to‘garak va o‘quv kurslari faoliyatini tiklashga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan edi.

“2020-yilning iyul oyida og‘ir qiyinchiliklar kelib chiqqanligi sababli buyum bozorlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qat’iy talablar qo‘yilgan edi. Biroq bozorlarimiz hozircha bu talablarga javob bermayapti”, — dedi Farhod Umarov.

Umarovga ko‘ra, viloyatdagi buyum bozorlari standartga asosan qurilgan bo‘lishiga qaramay, ichki yo‘laklari juda tor va tiqilinch.

“‘Karvon bozori’ savdo majmuasi shunday bozorlar sirasiga kiradi. ‘Buxoro markaziy bozori’ning buyum bozorida esa talay ishlar bajarilgan. Ikki-uch kun ichida mazkur buyum bozorining ish boshlashi ko‘zda tutilyapti. Shuningdek, tuman bozorlari masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Asosiy maqsadimiz — xalqimiz sog‘lig‘i. Demak, talabga javob bermasa, ularning faoliyatini boshlashiga ruxsat berilmaydi”, — dedi hokim o‘rinbosari.

Viloyatda jamoat transporti faoliyatiga ham ruxsat berilmaganining sababi ochiqlandi.

“Jamoat transportida harakatlanish kasallik tarqalishi xavfini oshiradi. Ushbu masala hafta oxirigacha ko‘rib chiqiladi”, — dedi Umarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-avgustdan karantin cheklovlari yumshatilmoqda. 15-avgustdan boshlab Toshkent metropoliteni va jamoat transporti harakati qayta tiklanadi. 20-avgustdan boshlab esa buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyatiga ruxsat etiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют