» » Samarqandda fuqarolarni chet elga yuborishni va’da qilib, qariyb 787 mln so‘m pulni o‘zlashtirgan xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda fuqarolarni chet elga yuborishni va’da qilib, qariyb 787 mln so‘m pulni o‘zlashtirgan xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyatida Yaponiya, Germaniya va boshqa xorij davlatlariga yuborishni va’da qilib fuqarolarning 786 million 948 ming so‘m mablag‘ini o‘zlashtirgan agentlik mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Samarqand IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2020-yilning 2-mart kuni Consort xususiy bandlik agentligi direktori M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, fuqaro M.O. 2018-yilning dekabr oyida Consort xususiy bandlik agentligini tashkil qilib, 2019-yilning dekabr oyiga qadar faoliyat yuritgan. MChJ ko‘rinishidagi agentlik faoliyati davomida fuqarolarni xorijga ishga olib chiqishni va’da qilib, ko‘p miqdordagi pullarni qo‘lga kiritgan.

Jinoyat ishi doirasida jami 95 nafar fuqaro ariza bilan murojaat qilib, aldanganini ma’lum qilgan.

Tergov departamentining ta’kidlashicha, jabrlangan fuqarolarning ayrimlari respublikaning turli viloyatlarida istiqomat qilayotgani sabab ularni so‘roq qilish imkoniyati bo‘lmagan. Shu bois jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov qayta tiklanib, tergov harakati o‘tkazishga kirishilgan. Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha respublikaning turli viloyatlarida yashab kelayotgan ariza mualliflarini tergovga jalb qilish va ularni so‘roq qilish choralari ko‘rilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha agentlik rahbari M.O. va uning sherigi O.Z. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik) bilan gumonlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolarga yetkazilgan 786 million 948 ming so‘mning 366 million so‘mi tergov davomida qoplangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekistonda migratsiya jarayonlari: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekistondagi 30 ta xususiy bandlik agentligi birorta ham fuqaroni xorijga jo‘natmagani ma’lum qilingandi. Shuningdek, O‘zbekistonda bir qator xususiy bandlik agentliklari mansabdorlari ustidan jinoyat ishlari ochilgach, hukumat tomonidan mamlakatdagi barcha xususiy bandlik agentliklarini tugatish bo‘yicha Prezidentga taklif kiritilishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют