» » Putinning daromadi bir yil ichida million rublga o‘sib, 9,7 millionni tashkil qildi

Putinning daromadi bir yil ichida million rublga o‘sib, 9,7 millionni tashkil qildi


Kreml saytidagi deklaratsiyada qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2019-yildagi daromadi 9,7 million rublni tashkil qilgan.

2018-yilda Putin 8,6 million rubl ishlab topgandi va uning daromadi bir yil ichida qariyb million rublga o‘sdi.

Putinning ko‘chmas mulklari ro‘yxati bir yil ichida o‘zgarmagan. Rossiya prezidenti maydoni 77 kvadrat metr bo‘lgan kvartira, 18 kvadrat metrli garaj, ikkita “Volga” (GAZ M21) avtomobili, “Niva” yo‘ltanlamasi va “Skif” tirkamasiga egalik qiladi.

Hukumat a’zolarining ham 2019-yildagi daromadlari haqida hisobot berilgan. Vazirlar mahkamasining eng boy amaldori sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bo‘lib turibdi. U o‘tgan yili 586 million rubl daromadni deklaratsiyadan o‘tkazgan (2018-yilda uning daromadi deklaratsiya bo‘yicha 433 million rublni tashkil qilgan).

Hukumatda eng ko‘p daromad qilganlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko qayd etilgan. U 432 million rubl daromad qilgani haqida deklaratsiya to‘ldirgan. Chernishenko 2020-yilgacha hukumatda faoliyat olib bormagan va “Gazprom-media xoldingi”, “Milliy reklama alyansi” va “Kontinental xokkey ligasi”da rahbarlik lavozimlarida ishlagan, deyiladi “Interfaks” xabarida.

Bosh vazir Mixail Mishustin esa 2019-yilda 18,2 million rubl ishlab topgan. Mishustin ushbu mablag‘ga Federal soliq xizmatida ishlagan vaqtida egalik qilgan, u 2020-yil yanvar oyida hukumat rahbariga aylangandi. Mishustinning rafiqasi 2019-yilda 54,8 million rubl daromad qilgan. “Interfaks” agentligining aniqlashicha, ushbu daromadga banklardagi depozit jamg‘armalaridagi mablag‘lar ham qo‘shilgan.

Bir yil avval Rossiya hukumati a’zolari orasida eng ko‘p daromad ko‘rgan amaldor bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Trutnev bo‘lgan, uning mablag‘i 538 million rublni tashkil qilgandi. 2019-yilda Trutnev deklaratsiyasida uning daromadi 180 million rubl.

Prezident administratsiyasida 2018-yildagi eng ko‘p — 657 million rubl miqdoridagi daromad Rossiya prezidentining Volgabo‘yi federal okrugidagi vakili, “Roskosmos”ning  sobiq rahbari Igor Komarovga tegishli edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют