» » Buxorodagi cho‘ldan isiriq va qamish o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Buxorodagi cho‘ldan isiriq va qamish o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining Romitan tumanida cho‘ldan isiriq va qamish o‘simligini o‘rib, o‘g‘irlab kelayotgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, peshkulik fuqaro M.Z. pandemiya kunlarida isiriq savdosining jonlanganidan foydalanib, tekin daromad topishni maqsad qilgan. U Romitan tumanidagi “Qizilrabot” cho‘lidan isiriq o‘simligini yashirincha o‘rib, o‘g‘irlab, yuk mashinasiga ortgan. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda “Qizilqum” davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan cho‘l massivlariga tutash manzillarda o‘tkazilgan tezkor reydda fuqaroning yuk mashinasi to‘xtatilgan va o‘g‘rilik holati fosh etilgan.

Shu kuni Peshku tumani hududidagi “Qoraqir” tabiiy suv havzasida ishlovchi fuqaro F.T. ham 40 metr kub hajmdagi qamishni yuk mashinasiga ortib ketayotgan vaqtida qo‘lga olingan. U qamishni o‘zi ishlaydigan suv havzasi bo‘ylaridan yashirincha o‘rib olgani oydinlashgan. F.T.ning Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanining Katta arab qishlog‘ida yashashi ma’lum bo‘lgan.

Qonunbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish)ga muvofiq chora ko‘rilgan hamda yetkazilgan moddiy zarar to‘liq undirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют