» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan tadbirlariga jami 1,6 trln so‘m mablag‘ ajratilgan

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan tadbirlariga jami 1,6 trln so‘m mablag‘ ajratilgan


Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga 2020-yilning 11-avgust holatiga ko‘ra jami 1,6 trillion so‘m mablag‘ ajratib berildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 7—11-avgust kunlari oralig‘ida koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 7 507 nafariga 63,3 milliard so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi.

Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shu jumladan:

– oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari jami 3 703 nafar xodimga 4,9 milliard so‘m, shundan 842 nafar shifokorga – 1,6 milliard so‘m, 1 888 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 2,4 milliard so‘m, 447 nafar kichik tibbiyot xodimga – 0,4 milliard so‘m va 526 nafar boshqa xodimlarga – 0,5 milliard so‘m;

– 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha jami 2 974 nafar xodimga 57,1 milliard so‘m, shundan, 732 nafar shifokorga (har biriga 25 million so‘mdan) – 23,6 milliard so‘m, 1 145 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 21,6 milliard so‘m, 818 nafar kichik tibbiyot xodimga – 10,1 milliard so‘m va 279 nafar boshqa xodimlarga – 1,8 milliard so‘m;

– Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish hamda mehnatiga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirish hisobiga 830 nafar xodimga 1,2 milliard so‘m to‘lab berilgan.

Avvalroq O‘zbekiston davlat budjeti birinchi yarim yillikda 58,2 trln so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют