» » Xiaomi Mi 10 Ultra smartfonini ishlab chiqarish uchun Pekinda “aqlli zavod”ni ishga tushirdi (video)

Xiaomi Mi 10 Ultra smartfonini ishlab chiqarish uchun Pekinda “aqlli zavod”ni ishga tushirdi (video)


Xiaomi kompaniyasi Pekinning Ichjuan tumanidagi iqtisodiy-texnologik zonada “aqlli zavodi” (Samrt Factory) ish boshlaganini ma’lum qildi. Kompaniyaning so‘nggi flagmani Xiaomi Mi 10 Ultra aynan shu yerda ishlab chiqariladi, deb yozadi Gizmochina.

Zavod hududi 16 600 metr kvadratga teng. Uning asosini 5G texnologiyalari hamda sun’iy intellekt tashkil etadi. Bu yerda to‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari joylashgan bo‘lib, barcha jarayonlar — yig‘ishdan tortib qadoqlashgacha — mashinalar tomonidan amalga oshiriladi.

Fabrika yiliga 1 million dona smartfon ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Aqlli zavod”da faqatgina premium darajadagi smartfonlar yig‘iladi. Shuningdek, bu yerda yangi materiallar, texnologiya va ishlab chiqarish qurilmalari sinovdan o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: Orzudagi ofis: Xiaomi’ning Pekindagi ofisi qanday ko‘rinishga ega? (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют