» » Hayotni yengillashtirishga yordam beradigan 7 tavsiya

Hayotni yengillashtirishga yordam beradigan 7 tavsiya


Hayotda duch keladigan qiyinchiliklar, omadsizlik, atrofdagi insonlarning fikrlari, umuman, bir insonning qalb kechinmalari faqat uning oziga ayon bolgan haqiqat. Odamlar hayotida kechadigan jarayonlarni ozlari murakkablashtiradi. Aslida barchasi juda oson. Hamma gap qanday yashash kerakligini bilishda. Cosmopolitan nashri hayotni soddalashtirning 7 usuli haqida psixologlar fikrini jamlagan holda qiziqarli material tayyorladi.

Dramatik bolmang

Sizda pashshadan fil yasash odati bormi? Muvaffaqiyatsizlar haqida qaygurasizmi? Ozingizning xatolaringizni borttirish bezovtalikni keltirib chiqaradi. Bazan ehtiroslarimiz halokatli narsalarni eslatadi va shu bilan asab tizimini saqlab qolish haqida umuman unutib qoyamiz.

Kopincha, ota-onasi, oilasi tomonidan doimo biror narsani yengib otish kerak, degan fikr ostida yashagan odamlar hamma narsani borttirish istagi bilan ajralib turadi, deydi psixolog Anetta Orlova. Asta-sekin bu ularning xatti-harakatlari modeliga aylanadi. Keyinchalik ular doimo aqlbovar qilmaydigan qiyinchiliklar va ularni yengishga qodir bolgan kuchlari haqida gaplashadi. Ular yashamaydi, hisob beradi. Shuningdek, ular har doim boshqalarning ijobiy bahosiga muhtoj boladi.

Maslahat:Qorqinch holat sodir boldimi? Xayolan balkonga chiqing va 15-qavatdan vaziyatga qarang. Siz bularning barchasini baland samoga eltadigan havo sharida uchayotganingizni tasavvur qilishingiz mumkin. Tinchlandingizmi? Ana endi nima qilishni rejalashtiring.

Chuqur oylamang

Agar siz atrofingizdagi odamlarning nima va nima uchun qilayotgani, ularning har lahzada nimani his qilishi, oylarini togri kora olib, doim tushunaman deb oylasangiz, siz nohaqsiz. Axir begona qalb zulmat degan maqol bor. Hatto psixologlar ham doim odamning muayyan vaziyatdagi reaksiyasini taxmin qila olmaydi. Siz boshqalarning muomalasini hisoblashingiz mumkin, deb oylagan holda diqqatingizni ochirib, taxminlar asosida ish qilishni boshlaysiz. Ayniqsa, siz bilan kimdir yomon munosabatda bolishni xohlayotganga oxshaydi.

Maslahat: Koproq gaplashing va diqqat bilan tinglang! Agar siz boshqa odamning fikrini bilmoqchi bolsangiz, shunchaki undan sorang. Biz qisqa yol eng togri yol ekanligini bazida unutamiz. Va hamma narsani chalkashtirishni yaxshi koramiz.

Hozir yashang

Qaygu, kongilsizlik va baxtsizliklar koproq otmishdagi ranj-alamlarni eslaydigan odamlarda ekanligi isbotlangan. Sizga ozor bergan yoqimsiz his-tuygularni qanchalik kop takrorlasangiz, shunchalik katta bolib korinadi. Otmish olgan, shunday ekan hozir yashang!

Maslahat: Otmishni unutish kerak, siz esda tuting: barcha yaxshi daqiqalar, achchiq va quvonchli onlar. Va ularni xayoliy shkafga joylashtiring: yaxshini bitta tortmasiga, yana bittasiga yomonini, biriga harakatlar, boshqasiga fikrlar. Keyin barcha tortmalarni kalit bilan yoping va uni xohlagan joyga qoying. Hech bolmaganda uni tashlang.

Umumlashtirmang

Yodingizda bolsin, bir yoki ikkita muvaffaqiyatsizlik halokatli omadning belgisi emas. Statistik malumotlarga kora, maglubiyatlar galabaga qaraganda 7-12 marta koproq esga olinadi. Shuning uchun psixologlar yutuqlaringiz kundaligini yuritishingizni maslahat beradi. Unga nafaqat galabalaringiz, balki umuman, siz bilan sodir bolgan barcha yaxshi narsalarni yozasiz: hamkasbingiz yordami, avtobusdagi notanish odamning tabassumi, sevgan kishingizdan soginchli SMS. Eng muhimi, har kuni biron-bir yaxshi narsa topa olish. Har gal nimadandir qattiq xafa bolganingizda sevinch kundaligingizni qayta-qayta oqing!

Perfektsionist bolmang

Perfektsionizm bu bor narsadan zavqlanishga xalaqit beradigan va doimiy ravishda yaxshiroq narsani izlashga majbur qiladigan kasallikning bir turi. Idealni izlash cheksiz jarayondir. Hech kim mukammal emas. Shuningdek, sizda allqachon mavjud narsalar (sevganingiz, ishingiz, dostlaringiz va boshqalarga) mutlaqo qiziq emas.

Maslahat: Psixolog Anetta Orlova aytadi: Agar siz mukammal bolishga odatlangan bolsangiz, kuniga kamida 5 daqiqa doimgidek bolmagan hamma narsani qilishga urinib koring. Mayli harakatlaringiz axmoqona bolsin, kulgili va kuchsiz korinishdan qorqmang. Agar perfektsionizm boshqalarga qaratilgan bolsa, yaqinlaringizdan kimnidir tanqid qilganingizda sizni toxtatishlarini sorang. Eng muhimi, dunyoni qanday bolsa, shunday qabul qilishdir.

Qoida tuzmang

Bolalikda ota-onangiz sizga xohlayman felidan tashqari kerak, shart sozlari borligini aytgan. Kopincha muayyan xatti-harakat qoidalariga asoslangan ushbu ikki soz sizga faqat aybdorlik hissi va nevrozlarni beradi. Albatta, yoshga qarab, barchamiz yaqinlar va hamkasblarimiz oldida qandaydir majburiyatlarga egamiz. Ammo nima xohlayotganingizni unutmasligingiz kerak. Va boshqalarni oz qoidalaringizga rioya qilishga majbur qilganda, siz mijgov va diktatorga aylanasiz. Ishoning, bu yoqimli rol emas.

Stereotiplar va yorliqlardan qoching

Ijobiy yoki hech bolmaganda neytral sozlardan foydalaning. Axir negativ sozlar shunga oxshash fikrlarni keltirib chiqaradi.

Psixoterapevt Untilova aytadi: Hozir yaxshi va yomon sozlari shaxsiy xarakterini yoqotdi, standart va xulq-atvor qoidalariga aylandi. Odam yaxshi va yomon reaksiya ekanligini unutib, ularni dalillar uchungina qabul qiladi va shu bilan ozini har qanday yangi tajriba olishdan mahrum qiladi.

Maslahat: Hech narsani baholamay, hech bolmaganda bir kun yashashga harakat qiling shunchaki kuzating va yashang. Shunda bu qanday yoqimli ekanligini korasiz!

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (15-08-2020, 11:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
:
-
:
20 ... -