» » Habib Jastin Getjini qaysi uslub orqali mag‘lub etishini aytdi

Habib Jastin Getjini qaysi uslub orqali mag‘lub etishini aytdi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi kechadigan jangda raqibini qaysi uslub orqali yengmoqchi ekanini aytdi.

Taktika haqida

“Uni charchab qolishini bilaman va oyog‘idan olishga harakat qilaman, Getji bundan himoyalanib, yanada ko‘proq charchaydi. Uning ko‘zlariga qarab o‘zini qanday his qilayotganini so‘rashni istayman, birinchi raunddan keyin, ikkinchisidan so‘ng. Bu jang uzoq davom etishini, uning jang davomida charchab qolishini istayman. Uning o‘zi janglarni erta yakunlashni yoqtirishini aytgandi, endi qanday bo‘lishini ko‘ramiz. U turib jang qilishda Konordan yaxshi deb o‘ylamayman. Hozircha, jangchilik bilimlarim shunday demoqda”.

Getjining kurashdagi salohiyati haqida

“Uning kurashi haqidagi ma’lumotlar bo‘rttirilmagan. U kurashgan. Oyoqda turishni biladi. Juda baquvvat. Uni parterga ololmasam, hech qanday muammoga duch kelmayman. “Stoyka”da jang qilamiz. Muammo yo‘q. Men juda ko‘plab zarbasi yaxshi jangchilar bilan olishganman, ham havaskor, ham professional darajada. Ulardan keyin yuzimda hech qanday ko‘karish va shilinishlar bo‘lmagan. Bu borada chidamliman. Agar zarba qabul qilib olsam nimadir sodir bo‘ladi deb o‘ylamang. Agar to‘g‘ri kelsa — turib jang qilamiz. Bu borada o‘zimga mutlaq ishonyapman”.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Getji o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tadi.

Habib Nurmagomedov va Jastin Jetji ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют