» » “‘Bochka’ kabi sayyohlik maskaniga o‘xshash joylarni ko‘paytirmoqchimiz” — Aziz Abduhakimov

“‘Bochka’ kabi sayyohlik maskaniga o‘xshash joylarni ko‘paytirmoqchimiz” — Aziz Abduhakimov


O‘zbekistonda “Bochka” nomli sayyohlik maskaniga o‘xshash joylarni ko‘paytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishgani, unda sohada amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi rejalar haqida axborot berilgani ma’lum qilingandi. Aziz Abduhakimov mazkur taqdimot xulosasi asosida sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi chora-tadbirlar xususida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Hozirgi kunda biz fuqarolarimizga ko‘proq O‘zbekistonda dam olish va turizm bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratishimiz kerak. Shu nuqtayi nazardan yangi turistik zonalar, komplekslarni barpo etish katta ahamiyatga ega. Yig‘ilishda bir nechta loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jumladan, “Amirsoy” tog‘li kurortining ikkinchi bosqichdagi yangi loyihalar taqdim etildi. Bu yerda qo‘shimcha ravishda yangi tog‘ yo‘llari va chang‘i yo‘llari quriladi.

Bundan tashqari, yangi mehmonxonalar, savdo rastalari barpo etilib, hozirgi 900 gektar maydonda joylashgan kurort yana 2,5 barobarga kengayadi. Shu bilan birga, o‘zimizning an’anaviy kurort zonalarimiz bor. Bular Chimyon, Bildirsoy, Nanay, Yakkatut hududlari. Bu hududlarda afsuski zamon talabiga javob beradigan infratuzilma yo‘qligi uchun odamlar kamroq boradi va ko‘p holatlarda chet elda dam olishni arzonroq, deb o‘ylashadi.

Shu nuqtayi nazardan loyihalarga banklarning kafolatlari ostida investorlarni jalb etgan holda hududda zamonaviy turistik komplekslar yaratiladi. Ularning afzalligi shundan iboratki, xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan “Bochka” nomli sayyohlik maskaniga o‘xshash joylarni ko‘paytirmoqchimiz. Ya’ni boshqa joylarda ham dam olish uchun xizmat ko‘rsatish tizimi yaxshilanadi.

Eng asosiysi, kishilar ish joyi va daromad manbaiga ega bo‘ladi. Taqdim etilgan loyihalarda odamlarning ko‘zlagan manziliga yetib borishi uchun yo‘llarni kengaytirish, ko‘priklar qurish ko‘zda tutilgan. Elektr ta’minot masalasi bo‘yicha yashil texnologiyalarni, mikrogeslarni barpo etish va quyosh energiyasidan foydalangan holda subsidiyalash tizimini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yana bir muhim masala ? chiqindilarni boshqarish yuzasidan ham aniq vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari, Bo‘stonliqda subsidiyalash tizimi joriy etilib, ixcham bo‘lgan oqava suv kanalizatsion tizimlari tashkil etiladi.

Aziz Abduhakimov, Bosh vazir o‘rinbosari

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 1-iyun kuni Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida “Chorvoq” erkin turistik zonasida xalqaro dam olish maskanlari, Bildirsoy, Chimyon va Nanay hududlarida Fransiya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti barpo etish loyihalari bilan tanishgandi. Shu yilning 14-avgust kuni Bo‘stonliq tumanida turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishgan Prezident tumanda “Bildirsoy—Chimyon—Nanay” xalqaro kurorti tashkil etilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют