» » “Barselona” tarkibda “katta tozalash” qiladi. Klub 5 futbolchidan tashqari istalgan o‘yinchini sotishga tayyor

“Barselona” tarkibda “katta tozalash” qiladi. Klub 5 futbolchidan tashqari istalgan o‘yinchini sotishga tayyor


“Barselona” rahbariyati Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Bavariya”ga qarshi o‘yinda uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (2:8) keyin tarkibda katta o‘zgarishlar qilmoqchi.

Mundo Deportivo’ning xabar qilishicha, klub Lionel Messi, Frenki de Yong va Mark Andre ter Shtegen, shuningdek, jamoaning yosh futbolchilari Ansu Fati va Riki Puchdan tashqari istalgan futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Shu tariqa Luis Suares, Antuan Grizmann, Xordi Alba, Ivan Rakitich, Serxi Roberto, Arturo Vidal va Nelsen Semedu kabi futbolchlilar klubni tark etishi mumkin.

Bundan tashqari, katalon klubi jarohatga moyil futbolchilar Samyuel Umtiti va Usmon Dembeleni ham sotib yuborishi mumkin.

May oyida “Barselona” olti nafar futbolchisidan boshqa istalgan o‘yinchini sotishga tayyor ekani xabar qilingandi. Mazkur ro‘yxatda Xerard Pike va Antuan Grizmann kabi futbolchilar bor edi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют