» » “Barselona” yozgi transferlar vaqtida 3 nafar futbolchidan tashqari barcha o‘yinchisini sotishga tayyor

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida 3 nafar futbolchidan tashqari barcha o‘yinchisini sotishga tayyor


“Barselona” rahabariyati ko‘plab futbolchilarni transfer shartnomalariga qo‘shishga tayyor.

Kelayotgan transfer oynasida katalon klubi uch nafar futbolchisi — hujumchi Lionel Messi, darvozabon Mark-Andre ter Shtegen va yarim himoyachi Frenki de Yongdan boshqa istalgan futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, deya xabar qilmoqda ESPN.

“Barselona” “Inter” hujumchisi Lautaro Martines va PSJ forvardi Neymarni sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga klub birdaniga ikki futbolchini ham qo‘lga kiritish ehtimoli yo‘q emas.

Primeraning amaldagi chempioni shuningdek, markaziy yarim himoya, o‘ng qanot va markaziy himoyani ham kuchaytirish niyatida.

Avvalroq PSJ va “Inter” jamoalari “Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann xizmatlariga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Fransiyalik futbolchi Martines yoki Neymar transferi borasidagi kelishuvga qo‘shilishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют