» » Tojikiston Rossiyadagi fuqarolarini olib kelish uchun yana 55 ta charter reysni amalga oshiradi

Tojikiston Rossiyadagi fuqarolarini olib kelish uchun yana 55 ta charter reysni amalga oshiradi


Tojikiston tashqi ishlar vazirligi Respublika epidemiyaga qarshi kurashish va COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha shtabi tomonidan 16—31-avgust kunlari Rossiyadagi tojikistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha 55 ta reys amalga oshirilishini ma’lum qildi, deb yozmoqda Asia Plus.

Charter reyslar mahalliy aviakompaniyalar Tajik Air va Somon Air tomonidan amalga oshiriladi va Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Qozon, Krasnodar va Surgut shaharlaridan tojikistonliklarni Dushanbega olib keladi.

Charter reyslar bilan olib kelinadigan Tojikiston fuqarolarining ro‘yxati mamlakatning Moskvadagi elchixonasi va Rossiyada joylashgan bosh konsulxonalardagi shtablar tomonidan tuziladi.

Ro‘yxat tuzishda bemor kishilar, yosh bolali ayollar, keksa yoshdagi insonlar, talabalar va Rossiyaga xizmat yuzasidan borganlarga birlamchi ustuvorlik beriladi.

Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomalarga muvofiq vatanga qaytayotganlar COVID-19’ga olingan PZR testi natijasi haqidagi ma’lumotnomaga (hujjat 96 soat, ya’ni 4 sutka o‘z kuchida bo‘ladi) ega bo‘lishi majburiy deb belgilangan.

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bunday ma’lumotnomalar talab qilinmaydi. Tojikistonga mazkur ma’lumotnoma bilan kelganlar qayta test topshirmaydi va karantinga olinmaydi.

16—31-avgustda quyidagi yo‘nalishlarda charter reyslar amalga oshiriladi:

16-avgust

17-avgust

18-avgust

19-avgust

20-avgust

21-avgust

22-avgust

23-avgust

24-avgust

25-avgust

26-avgust

27-avgust

28-avgust

29-avgust

30-avgust

31-avgust

Avval Tojikiston Fan va ta’lim vazirligining qaroriga ko‘ra, mamlakatda yangi o‘quv yili har yilgidek 1-sentabrdan emas, balki 17-avgustdan boshlanishi haqida xabar berilgan, shuningdek, Tojikistonda Rossiya tomonidan yaratilgan vaksina bilan birinchi navbatda qandli diabet va astmasi bor bemorlar, nazorat-o‘tkazish punktlarida navbatchilik qilayotgan tibbiyot xodimlari va chegarachilar emlanishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют