» » “O‘zbekistonda YTH oqibatida vafot etganlar soni qotillik qurbonlaridan besh barobarga ko‘p” — IIV vaziri

“O‘zbekistonda YTH oqibatida vafot etganlar soni qotillik qurbonlaridan besh barobarga ko‘p” — IIV vaziri


O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan yetti oyi davomida sodir etilgan jinoyatlarning har uchtadan bittasi firibgarlik, o‘g‘irlik va yo‘l-transport hodisasi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga tayanib O‘zA xabar berdi.

IIV rahbari o‘tgan davrda umumiy yo‘l-transport hodisalari 18,7 foizga, ularda vafot etganlar soni — 10,7 foizga, jarohatlanganlar esa — 22,2 foiz kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, bu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligini ta’kidlagan.

“Agar qasddan sodir etilgan qotillik jinoyatlarida oxirgi uch yil va 2020-yilning 7 oyida 1,5 ming nafardan ziyod odam vafot etgan bo‘lsa, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarida qotillikka nisbatan besh barobar ko‘p yoki 7,5 mingdan ziyod fuqaro halok bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Bobojonovning qayd etishicha, oxirgi yillarda yo‘l-transport hodisalari, ayniqsa, og‘ir oqibatli holatlarni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, xodimlarning fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash va muomala madaniyatini oshirish uchun so‘nggi ikki yarim yil ichida yo‘l-patrul xizmati xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilgan. Fuqarolar bilan muloqotda qo‘pol kamchiliklarga yoki qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun 142 nafar xodim ishdan bo‘shatilgan.

Avvalroq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekistondagi jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlar sonini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: “Ilgari bunday salbiy holatlar OAV tomonidan keng yoritilmasdi”. Po‘lat Bobojonov IIV xodimlarining noqoqnuniy xatti-harakatlari haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют