» » Mobil suratkashlik borasida yangi “qirol”ga aylangan Xiaomi Mi 10 Ultra haqiqiy xitga aylandi

Mobil suratkashlik borasida yangi “qirol”ga aylangan Xiaomi Mi 10 Ultra haqiqiy xitga aylandi


Xiaomi kompaniyasi yangi Mi 10 Ultra yoki Mi 10 Extreme Commemorative Edition flagman smartfoni savdolari boshlanishi bilan erishilgan muvaffaqiyatli natijalar bilan bo‘lishdi. Yangi qurilma haqiqiy xitga aylandi, deb xabar beradi IXBT.

Xiaomi Mi 10 Ultra savdolari Xitoyda 16-avgust kuni ertalab boshlangan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, dastlabki 10 daqiqa ichida 57,7 million dollarlik partiya sotib yuborilgan. Taqqoslash uchun, Xiaomi 10 Pro’ning dastlabki savdolari ushbu darajadan ikki barobar kamroq natijani qayd etgandi.

Kompaniya qurilmalarning aynan soni to‘g‘risida ma’lumot bermagan. Biroq Xiaomi Mi 10 Ultra narxi 760 hamda maksimal 1007 dollarni tashkil etishi hisobga olinsa, birinchi partiyada 57 mingdan 75,5 ming donagacha qurilma bo‘lgan.

Smartfonga piksellar soni 2340x1080 ga teng 6,67 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Sig‘imi 4500 mA/soatga teng akkumulyator 120 vattli tezkor quvvatlanish hisobiga o‘z zaryadini 23 daqiqada to‘ldira oladi, shuningdek, 50 vattli simsiz quvvatlanish funksiyasi ham mavjud.

Xiaomi Mi 10 Ultra’ga o‘rnatilgan 48 megapikselli kamera DxOMark reytingida Huawei P40 Pro’ni ortda qoldirib, mobil kameralar orasida yangi “qirolga” aylandi.

Smartfon asosini bir kristalli Snapdragon 865 protsessori, 16 gigabaytli LPDDR5 tezkor va 512 gigabaytli ichki xotira tashkil etadi.

Avvalroq Xiaomi Mi 10 Ultra smartfonini ishlab chiqarish uchun Pekinda “aqlli zavod”ni ishga tushirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni ekranosti old kameraga ega bo‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют