» » O‘zbekistondagi maktablarda karantin qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatma va talablar ishlab chiqildi

O‘zbekistondagi maktablarda karantin qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatma va talablar ishlab chiqildi


Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tuzilgan ishchi guruh maktablarda ta’lim jarayonlari qay tartibda olib borilishini muhokama qilmoqda. Bu haqda 16-avgust, yakshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga karshi kurash shtabi a’zosi, professor Sevara Ubaydullayeva aytib o‘tdi.

Sevara Ubaydullayevaning ma’lum qilshicha, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tuzilgan maxsus ishchi guruh bugungi kunda maktablarda o‘qish qay tartibda boshlanishini muhokama qilmoqda.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablarni maksimal ravishda infeksiyadan himoyalash, karantin qoidalariga rioya qilish tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma va talablar ishlab chiqqan”, — dedi professor Ubaydullayeva.

Uning qo‘shimcha qilishicha, odatiy ta’lim jarayoniga o‘tish bosqichma-bosqich boshlansa, ota-onalar farzandlarini maktabda bo‘lgan va maktabdan tashqari vaqtida karantin qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib borishlari talab etiladi.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi davlat maktablarning ochilishi bo‘yicha maxsus komissiyaning yakuniy qarori tez kunlarda chiqishi haqida ma’lumot bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют