» » Qashqadaryoda hovlisida 3 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda hovlisida 3 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga tushdi


Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi shaxs hovlisida yetishtirish taqiqlangan o‘simlikni o‘stirgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 5-avgust kuni soat 14:30 da IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kitob tuman Shatri qishlog‘ida yashovchi 38 yoshli Y.H.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida uning hovlisida uch tup yashil rangli, o‘ziga xos hidli o‘simliklari ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasida Y.H.ning hovlisidan olingan bo‘yi 250 santimetrdan 280 santimetrgacha, poyasining qalinligi 24,0 millimetrdan 41,0 millimetrgacha bo‘lgan, uch tup, nam holdagi (quritilmagan) o‘simliklar kannabis o‘simligi ekanligi aniqlangan. Ularning jami sof og‘irligi 4,5 kilogramm ekanligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют