» » Portugaliya prezidenti cho‘kayotgan ikki qizni qutqarib qoldi

Portugaliya prezidenti cho‘kayotgan ikki qizni qutqarib qoldi


Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza cho‘kayotgan ikki qizni qutqarib qoldi. Bu haqda 20minutos portali xabar qilgan.

Hodisa 15-avgustda Algavradagi sohilda yuz bergan. 71 yoshli Rebelu de Souza ikki nafar qizning kanoe qayig‘i ag‘darilganini va ularning cho‘kayotganini ko‘rib qolgan.

Davlat rahbari darhol ularga yordamga shoshilgan. Ma’lum vaqt o‘tgach, hodisa joyiga gidrosiklda qutqaruvchi yetib kelgan.

2 girls were having issues at a beach in Algarve. The man on the left is the Portuguese President, Marcelo Rebelo de Sousa. He reached out and helped them until the lifeguard arrived. pic.twitter.com/UQJvw1ksOs

— S?rgio Costa (@SergioMSCosta) August 15, 2020

Rebelu de Souzaning qayd etishicha, qizlarning qayig‘i boshqa plyaj tomondan kelgan to‘lqin ta’sirida ag‘darilgan. Ular qayiq ag‘darilganidan keyin uni o‘gira olmagan va ko‘p miqdorda suv yutib og‘ir ahvolda qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza koronavirus sabab ikki haftaga mo‘ljallangan tadbirlarni bekor qilib, ko‘ngilli ravishda karantinga ketishga qaror qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют