» » O‘zbekistonga xorijdan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmi kamaydi

O‘zbekistonga xorijdan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmi kamaydi


Markaziy bank 2020-yilning yanvar—iyul oylari davomida O‘zbekistonga xorijdan yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari va 2019-yilning mos davri bilan solishtirgandagi farqli jihatlar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 milliard dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 217 million dollarga yoki 7 foizga kamaydi.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 million dollarga yetib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 47 million dollar yoki 8 foizga qisqargan.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2,5 milliard dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 170 million dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.

Avval O‘zbekistonda naqd pul tushumlarining hajmi koronavirus epidemiyasidan avvalgi darajasini tiklayotgani, oltin va boshqa qimmatbaho metallardan tayyorlangan yombilarni Markaziy bank shoxobchalaridan sotib olish imkoniyati yaratilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют