» » O‘zbekiston aholisi o‘tgan 7 oy ichida banklarga 2,5 mlrd dollar valyuta sotdi

O‘zbekiston aholisi o‘tgan 7 oy ichida banklarga 2,5 mlrd dollar valyuta sotdi


O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 million dollarga oshgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 milliard dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshgan (2019-yilning mos davrida — 686 million dollar).

Natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo (sof taklif) 501 million dollarga yetib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 489 million dollarga (yoki 49 foizga) kamaygan.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yilning birinchi yarmida xorijdan jami 2,4 milliard dollarlik pul jo‘natmalari yuborilganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют