» » “Siz doimo mening qalbimda qolasiz”. David Silva “Manchester Siti” bilan maktub orqali xayrlashdi

“Siz doimo mening qalbimda qolasiz”. David Silva “Manchester Siti” bilan maktub orqali xayrlashdi


Yarim himoyachi David Silva “Manchester Siti”ga ta’sirli xayrlashuv xatini yozdi.

Vaqt keldi. 10 yil va 13 sovrindan so‘ng mening hayotim va faoliyatimda o‘chmas iz qoldirgan klub bilan xayrlashish vaqti keldi. Men orqaga o‘girilib, 2010-yilda ”Manchester Siti”ning loyihasiga qo‘shilish taklifiga rozi bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroq qaror qabul qila olmasligimni tushunib yetdim.

“Manchester Siti” va men birga ulg‘aydik. Shu 10 yil ichida men shaxsiy va kasbiy tomonlama rivojlandim. Ko‘plab g‘alabalarni nishonladim va aql bovar qilmas lahzalarni kechirdim. O‘g‘lim Mateoning qanday tug‘ilganini ko‘rdim va hatto Angliyadagi yomg‘irda ham o‘zimni qulay his qila boshladim. “Manchester Siti” — ajoyib oila. Hayotimdagi eng og‘ir damlarni boshdan kechirganimda, ular menga yordam berishgani va hamdardlik bildirganini hech qachon unutmayman.

Shu sababli aytmoqchimanki, moviy rangli libos kiyish, sardorlik bog‘ichini taqish, kiyinish xonasida dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari va murabbiylari bilan birga bo‘lish hamda klub xodimlari bilan birga ishlash juda yoqimli bo‘ldi. Eng muhimi, bu vaqt ichida yaxshi va yomon vaziyatlarda ham meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. Siz haqiqatan ham ajoyibsiz.

Umid qilamanki, “Manchester Siti” kelajakda yana-da katta yutuqlarga erishadi. Men jamoani masofadan turib bo‘lsa ham qo‘llab-quvvatlayman. Ushbu unutilmas daqiqalarni “Manchester Siti” oilasi bilan bo‘lishganimdan xursandman. Siz doimo mening qalbimda qolasiz. Men har bir “shaharlik”ni quchoqlab qolaman.

Sizning David Silvangiz.

David Silva, “Manchester Siti” sobiq futbolchisi

Avvalroq Silvaning “Real Sosyedad” bilan ikki yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi 2010-yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p tepib kelayotgandi. Silva bu davr ichida 436 ta o‘yinda ishtirok etib, 77 gol va 140 ta golli uzatma muallifiga aylandi. David “Siti” bilan to‘rt bor Premyer Ligada g‘olib chiqdi. Shuningdek, besh marta Angliya Liga Kubogi va ikki marta Angliya Kubogiga ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют