» » Ilon Mask dunyoning eng badavlat insonlari qatorida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi

Ilon Mask dunyoning eng badavlat insonlari qatorida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi


SpaceX kosmik kompaniyasi asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask dunyoning eng badavlat insonlari reytingida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi, deb xabar beradi Bloomberg.

Mask Fransiyaning LVMH (Louis Vuitton Mo?t Hennessy) kompaniyasi bosh direktori Bernar Arnoni (84,6 milliard dollar) ortda qoldirgan. Agentlik Maskning boyligini 84,8 milliard dollarga baholamoqda. Bu reytingning uchinchi pog‘onasidan o‘rin olgan Facebook asoschisi Mark Sukerbergnikidan 15 milliard dollarga kamroq degani.

Reytingga Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos 188 milliard dollar bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rin esa Microsoft asoschisi Bill Geytsga nasib etgan (121 milliard dollar).

Nashrning yozishicha, 49 yoshli Maskning boyligi 17-avgust kuni Tesla aksiyalari qiymatining ortishi fonida 7,8 milliard dollarga ko‘paygan. 2020-yil davomida Mask 57,2 milliard dollarga boyigan bo‘lib, bu dunyodagi eng yaxshi ikkinchi natija hisoblanadi. 2020-yilda undan ko‘proq faqat Jeff Bezos ishlab topgan — 73 milliard dollar.

17-avgust kuni Tesla aksiyalari narxi tarixiy maksimumga yetgan. Ularning narxi AQSh savodlarida 11 foizga qimmatlashib, 1800 dollarlik marrani zabt etgan. Bunga Xitoyda kompaniya elektromobillariga bo‘lgan talabning ortishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Ilon Mask Forbes versiyasi bo‘yicha dunyoning eng boy besh kishisi qatoriga kirgan edi.

Mavzuga doir: Milliarder Jeff Bezosning sobiq rafiqasi AQShdagi eng badavlat ayolga aylandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют