» » “Jamoaviy immunitet koronavirusni yenga olmaydi”. COVID-19 koronavirus infeksiyasini to‘xtatish yo‘li aytildi

“Jamoaviy immunitet koronavirusni yenga olmaydi”. COVID-19 koronavirus infeksiyasini to‘xtatish yo‘li aytildi


Jamoaviy, ya’ni kollektiv immunitet COVID-19’ni yengib o‘tilishini anglatmaydi, virusning yoyilib ketmasligini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish kerak. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlari direktori Maykl Rayan ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Ayni vaqtda Yer yuzi aholisi kasallikni to‘xtata olish kuchiga ega immunitet shakllantira olgani yo‘q. Biz iloji boricha koronavirusning tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan choralarni ko‘rishimiz va jamoaviy immunitet odamlarni qutqaradi degan farazga ishonib qolmasligimiz zarur. Hozir bu eng to‘g‘ri qaror”, — degan u.

Mavzuga doir: Olimlar COVID-19 koronavirus infeksiyasining asosiy alomatlari qay tartibda kechishini aniqladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020-yil 11-mart kuni koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. JSST ma’lumoti bo‘yicha butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 21,5 milliondan oshgan, 767 ming nafardan ko‘proq bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST hukumatlarni karantin cheklovlarini boshqa joriy qilmaslikka chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют