» » Samarqandda suv omborini sifatsiz qurgan korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda suv omborini sifatsiz qurgan korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Bundan uch oy avval “Kun.uz” saytida Nurobod tumanidagi “Omondara” past bosimli suv to‘g‘onida hosil bo‘lgan yoriq – girdobning aholiga keltirishi mumkin bo‘lgan xavfi haqida maqola e’lon qilingan. Nashrning xabar berishicha, Samarqand viloyat prokuraturasi ushbu to‘g‘on qurilishida qatnashgan korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zmaxsussuvqurilish ixtisoslashgan kompaniya” DK (hozirgi kunda “O‘zmaxsussuvqurilish” MChJ deb nomlanadi) tomonidan Nurobod tumanida joylashgan “Omondara” past bosimli suv to‘g‘oni qurilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani uchun “O‘zmaxsussuvqurilish ixtisoslashgan kompaniya” DK mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida ushbu qurilishga aloqador bo‘lgan korxonalar mansabdor shaxslari guvoh tariqasida so‘roq qilingan.

Hozirgi kunda “Omondara” past bosimli suv to‘g‘onida amalga oshirilgan qurilish ishlari loyiha ko‘rsatkichlariga mos kelishini aniqlash maqsadida nazorat o‘lchovi o‘tkazilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov davomida aybdor shaxslar doirasi to‘liq aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ma’lum qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют