» » PSJ Chempionlar Ligasidagi ilk finaliga qadar eng uzun yo‘l bosib o‘tgan jamoaga aylandi

PSJ Chempionlar Ligasidagi ilk finaliga qadar eng uzun yo‘l bosib o‘tgan jamoaga aylandi


PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Leypsig”ni mag‘lubiyatga uchratib (3:0), final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Parijliklar klubi tarixda ilk bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. PSJ bunga qadar musobaqada 110 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu Chempionlar Ligasi tarixida birinchi final uchun eng uzun bosib o‘tilgan yo‘l hisoblanadi.

Avvalgi rekord “Arsenal”ga tegishli edi, jamoa YChLdagi birinchi finalida (2006-yil) ishtirok etigunga qadar 90 ta o‘yinda ishtirok etgandi.

Parijliklar finalda “Lion” — “Bavariya” uchrashuvi g‘olibi bilan bahs yuritadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют