» » Qo‘qon ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiya qilinishi hazil bo‘lgani ma’lum qilindi

Qo‘qon ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiya qilinishi hazil bo‘lgani ma’lum qilindi


18-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahri ko‘chalari isiriq yordamida dezinfeksiyasi qilinayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. Qo‘qon shahr hokimligi matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

Qo‘qon shahar “Toza hudud” DUK tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig‘ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho‘g‘langan isiriq qoldiqlarini o‘chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o‘ynashib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun isiriq to‘liq yonib tugaguncha yo‘l-yo‘lakay tutatib ketgan.

“Ularning bu xatti-harakatlari shaharda olib borilayotgan koronavirusga qarshi dezinfeksiya ishlari bilan bog‘liq emas. Qo‘qon shahar hokimligi yoki boshqa mutasaddilar tomonidan mazkur holat bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmagan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziriligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov (hozirda agentlik direktori o‘rinbosari) koronavirusdan himoyalanish uchun uy sharoitida isiriqdan ko‘proq foydalanishni tavsiya qilgan edi. Oliy Majlis Senatining fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tgan ikkinchi yalpi majlisida tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi teplovizorlar yordamida tekshirilgani, kirish joyida qo‘riqchilardan biri binoni isiriq bilan tutatgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют