» » Huawei Mate 30’ni yodga soluvchi 100 dollarlik smartfon taqdim etildi

Huawei Mate 30’ni yodga soluvchi 100 dollarlik smartfon taqdim etildi


To‘rtta kamera, 6 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotiraga ega Cubot Note 20 Pro smartfoni rasman taqdim etildi, deb xabar beradi IXBT.

Cubot Note 20 Pro’ga 6,5 dyuymli displey o‘rnatilgan. Ingichka hoshiyalar evaziga ekran korpusning 90,3 foizini egallagan. Frontal kamerasi 8 megapiksellni tashkil etadi. Asosiy kamera modulidan 12 megapikselli Sony IMX486 hamda 20 megapikselli Sony IMX350 o‘rin olgan.

Smartfon bir kristalli MediaTek Helio P60 protsessori asosida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi 4200 mA/soatga teng. Cubot Note 20 Pro NFC moduliga, naushniklar uchun 3,5 millimetrli “razyom” va USB-C portlariga ega bo‘lgan.

24-avgust kuni smartfon 120 dollardan sotuvga chiqadi, dastlabki ming nafar xaridor uni 100 dollar evaziga sotib olishlari mumkin.

Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C modellari 100 dollardan sotuvga chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Internetda Huawei Mate 40 va 40 Pro flagmanlari dizayni suratlari paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют