» » Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyatida Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 20 yoshli fuqaroning 27 200 AQSh dollari miqdoridagi pulini olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 17-avgust kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, 2000-yilda tug‘ilgan, S.B. ariza bilan murojaat qilgan. Unda 2020-yilning yanvar oyida Urgut tumanida yashovchi tanishi U.Sh. uni Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi L. ismli tanishi orqali Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirishini aytib, 2020-yilning yanvar oyidan iyul oyining oxiriga qadar bo‘lib-bo‘lib jami 27 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilib olib, uni ishga kiritmasdan yana 300 AQSh dollari berishini so‘rab kelayotganligini ma’lum qilib, U.Sh. va L. ismli shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.

Arizaga asosan, 2020-yil 17-avgust kuni soat 15:00 larda Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi va Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1998-yilda tug‘ilgan, Urgut shahrida yashovchi U.Sh. ariza muallifi S.B.dan 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, U.Sh. hech qanday L. ismli shaxsni bilmasligi, S.B.ning pulini qo‘lga kiritish maqsadida o‘zini ovozini o‘zgartirib, unga o‘zini L. deb tanishtirib, boshqa raqam orqali telefonda gaplashib kelgan.

U S.B.ni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritaman deb, aldov yo‘li bilan, 27 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют