» » O‘zbekistonda avtomobillar narxi 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha tushirilishi mumkin

O‘zbekistonda avtomobillar narxi 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha tushirilishi mumkin


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAuto Motors AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning davomi bugun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis deputati Doniyor G‘aniyev o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan.

Shunga ko‘ra, komissiya UzAuto Motors AJga 19-avgustdan boshlab narxlarning asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, mart oyidan buyon, ya’ni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirig‘i berildi.

Deputatning eslatishicha, komissiya qarori majburiy kuchga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi ham mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют