» » Ozbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari otkaziladigan stadion va xiyobonlar royxati elon qilindi

Ozbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari otkaziladigan stadion va xiyobonlar royxati elon qilindi


Davlat test markazi yangi oquv yili uchun test sinovlari bolib otadigan stadion va xiyobonlar royxatini elon qildi. Unga kora imtihonlar uchun mamlakat boylab umumiy hisobda 40 ta stadion va xiyobon (65 ta sektor) jalb etiladi.

Kirish imtihonlarini otkazish uchun Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 2 ta hudud, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlarida 3 tadan, Qoraqalpogiston, Surxondaryo Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 tadan, Andijon va Fargona viloyatlarida 6 tadan, Samarqand viloyatida esa 7 ta hudud jihozlanadi.

Toshkentda kirish imtihonlari 17 ta joyda otkaziladi. Ularning 3 tasi Paxtakor stadioni hududida, 4 tasi Milliy bogda, 2 tasi Talabalar shaharchasi (Ozbekiston Milliy universiteti)dagi xiyobonda, 5 tasi Ashxobod bogida, 1 tasi Galaba bogi va 2 tasi Botanika bogida bolib otadi.

2020/2021-oquv yili qabulida OTMning bakalavriat talim yonalishlari uchun test sinovlari otkaziladigan stadionlar va xiyobonlarning toliq royxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib otamiz,91 ta oliy talim muassasasi va filiallarda talimning bakalavriat yonalishiga qabul qilish boyicha test sinovlari 2020-yil 2-sentabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi.Sinovlar otkaziladigan joylarning barchasi videokuzatuv kameralar bilan jihozlanadi.Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qolqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi.

Xavfsizlikni taminlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sogliqni saqlash vazirligi xodimlari, turgun va qolda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi. Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuchishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (19-08-2020, 14:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
:
-
:
20 ... -