» » Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelgan fuqarolar ortga qaytishda qanday jarayonlardan o‘tishi kerakligi ma’lum qilindi

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelgan fuqarolar ortga qaytishda qanday jarayonlardan o‘tishi kerakligi ma’lum qilindi


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelgan fuqarolar Koreyaga kirishga ruxsat berilgach, qaytib ketish uchun qanday jarayonlardan o‘tishi kerakligini ma’lum qildi.

Norov pandemiya davrida Koreya Respublikasi hududiga kirishga ruxsat olish uchun 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qilish bo‘yicha rozilik bitimida ish beruvchi bilan kelishgan holda karantin manzilini ko‘rsatish shartligini bildirdi. Bunda karantin manzili ID kartadagi oxirgi qayd etilgan manzilga yaqin hududda bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, ma’lumotlarni ta’tilga kelgan fuqarolar uchun ochilgan @tatil2020 Telegram manziliga koreys tilida yuborish aytildi.

Bundan tashqari, ish beruvchi bilan muntazam aloqada bo‘lib turish va www.eps.go.kr saytidagi shaxsiy kabinet ma’lumotlarini tekshirib borish tavsiya etiladi. Shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar o‘zgarsa, ya’ni mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bekor qilingan taqdirda bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga xabar berilishi lozim.

Mehnat shartnomasi bekor qilingan va viza amal qilish muddati tugamagan fuqarolar shartnoma rad etilgan kundan boshlab 1 oy muddatda Koreya Respublikasiga kirib borishi yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasiga (+8270 4252 2772) murojaat etishi kerak.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan tibbiyot muassasalarida jo‘nab ketishdan 48 soat oldin koronavirusga test topshirish belgilangan. Agar fuqaroda Koreya hududiga kirib borgach koronavirus infeksiyasi aniqlansa, u maxsus shifoxonada o‘z hisobidan davolanadi.

Matbuot kotibi fuqaro tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishi uning Koreya Respublikasi hududiga kirishi uchun taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют