» » JSST rahbari koronavirusga qarshi vaksinani dunyo bo‘ylab teng taqsimlashga chaqirdi

JSST rahbari koronavirusga qarshi vaksinani dunyo bo‘ylab teng taqsimlashga chaqirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus mamlakatlarni koronavirusga qarshi vaksinani dunyo bo‘ylab teng tarqatishga chaqirdi. Bu haqda u 18-avgust kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“Aslida cheksiz bo‘lmagan zaxirani bo‘lishish strategik va global nuqtayi nazardan har bir mamlakat manfaatlariga mos keladi. Hamma xavfsiz bo‘lmaguncha hech kim xavfsiz bo‘lolmaydi”, — deydi Gebreyesus.

Uning aytishicha, agar yuqori sifatli vaksina ixtiro qilinsa, JSST avval uni yaratishda ishtirok etgan mamlakatlar orasida, keyin esa epidemiologik vaziyat eng og‘ir bo‘lgan davlatlar orasida tarqatishni taklif qilmoqda.

Biroq JSST rahbari birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va 65 yoshdan oshgan kishilarni koronavirus vaksinasi bilan ta’minlash lozimligini ta’kidlagan.

“Agar biz virus yuqtirib olish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan guruhga kiruvchi odamlarni hamma joyda bir xilda himoya qilmasak, sog‘liqni saqlash tizimini barqarorlashtira olmaymiz va jahon iqtisodiyotni tiklay olmaymiz. Barchamiz shunday uzviy bog‘liqmiz”, — degan Gebreyesus.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 22 million kishidan oshib ketdi. Kasallanish holatlarining chorak qismi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 5,47 million. Undan keyin Braziliya (3,4 million) va Hindiston (2,7 million) o‘rin olgan. Rossiya esa 932,4 ming bemor bilan to‘rtinchi pog‘onada ketmoqda.

Avvalroq JSST hukumatlarni karantin cheklovlarini boshqa joriy qilmaslikka chaqirgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют