» » Gaagadagi tribunal Livan sobiq bosh vazirining o‘ldirilishida “Hizbulloh” a’zosini aybdor deb topdi. Sud 10 yildan ortiq davom etdi va unga 1 mlrd dollar sarflandi

Gaagadagi tribunal Livan sobiq bosh vazirining o‘ldirilishida “Hizbulloh” a’zosini aybdor deb topdi. Sud 10 yildan ortiq davom etdi va unga 1 mlrd dollar sarflandi


BMTning Livan bo‘yicha maxsus tribunali “Hizbulloh” siyosiy va terrorchilik tashkiloti a’zosi Selim Ayyashni 2005-yilda mamlakat sobiq bosh vaziri Rafiq Haririyning o‘ldirilishi ishida aybdor deb topdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ayyash barcha punktlar bo‘yicha aybdor deb topilgan, ishning qolgan uchta ishtirokchisi esa to‘liq oqlangan. Shu bilan birga, sud qotillikka “Hizbulloh” rahbariyati yoki ushbu guruhning Suriya hukumatiga aloqasi borligini isbotlovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillarni topmagan.

Ayyash qayerda hibsda saqlanayotgani noaniqligi sabab u sudga kelmagan.

Rafiq Haririy 1992—1998-yillar hamda 2000—2004-yillar oralig‘ida Livan bosh vaziri bo‘lgan. U sunniy bo‘lgan va Fors ko‘rfazi monarxlari bilan yaqinlashish tarafini yoqlagan — bu esa “Hizbulloh” shialari va Suriya hukumatiga yoqmagan.

Haririyning o‘ldirilishi Livanda keng ko‘lamli siyosiy va ijtimoiy inqirozni keltirib chiqargan. Shuningdek, Haririydan so‘ng Suriya o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishga majbur bo‘lgan. “Hizbulloh” rahbariyati hamda Suriya hukumati doim Haririyning o‘ldirilishiga oid guruhga aloqadorligini rad etib kelgan.

Qotillik bo‘yicha BMT shafeligidagi tergov 2006-yilda boshlangan, 2009-yilda esa Gaagada maxsus tribunal ishni boshlagan. Tergov ishi jami bir milliard dollarga tushgan; ushbu pullarning, taxminan, yarmini Livan to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Livan bosh vaziri Saad Haririy (Rafiq Haririy) ham iste’foga chiqishini e’lon qilgan va mamlakat hududini tark etgandi. Keyinchalik ushbu bayonotni Saudiya Arabistoni bosimi ostida berganligini ta’kidlab, Livanga qaytgan hamda uning iste’fosi bekor bo‘lgandi. 2019-yilda esa u mamlakat prezidenti Mishel Aunga hukumatni iste’foga chiqarish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют