» » Livanning “yo‘qolib qolgan” bosh vaziri Parijga keldi

Livanning “yo‘qolib qolgan” bosh vaziri Parijga keldi


Saudiya Arabistoniga safari vaqtida o‘z iste’fosi haqida bayonot bergan Livan bosh vaziri Sa’d Haririy Fransiyaga keldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Associated Press axborotiga ko‘ra, u xotini bilan birga uchib kelgan, ular Parijdagi o‘z uyiga joylashgan. Agentlikning qayd etishicha, keyinroq Haririyning Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tishi mumkin.

Aynan Makron Haririyni Fransiyaga taklif qilgan edi. Fransiya prezidenti Livandagi eronparast va saudiyaparast kuchlari o‘rtasidagi muzokaralarda, nizo kelib chiqmasligi uchun, vositachi vazifasini o‘z zimmasiga olishi mumkin.

Haririy 3-noyabr kuni, Saudiya Arabistoniga kelganidan bir kun o‘tib, Livan bosh vaziri lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi. Bosh vazir Livan prezidenti Mishel Aunga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z qaroridan uni xabardor qilgan.

Ham Livan, ham Saudiya Arabistoni fuqarosi hisoblangan Sa’d Haririy “shialarning ‘Hizbulloh’ partiyasidan foydalangan holda Eron va uning gumashtalari tomonidan Livan ichki ishlariga aralashuv”dan xavotirda ekanini bildirgan edi.

Bundan tashqari, Haririy o‘z hayoti uchun ham xavotirda ekani, Livandagi hozirgi vaziyat 2005-yilgisiga o‘xshab ketishini ta’kidlagan edi. 2005-yili o‘sha vaqtda bosh vazir sifatida ishlab kelayotgan uning otasi Rafiq Haririy suiqasd oqibatida o‘ldirilgan edi.

Livan prezidenti bosh vazirning iste’fosini qabul qilmadi. Keyinroq Mishel Aun Livan bosh vaziri Saudiya Arabistoni rahbariyati tomonidan kuch bilan ushlab turilgani haqida bayonot berdi. Biroq bu fikrni Haririyning o‘zi ham, Saudiya rasmiylari ham rad etdi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют