» » Bekobod tumani IIB boshligining orinbosari 5000 dollar pora bilan qolga tushdi

Bekobod tumani IIB boshligining orinbosari 5000 dollar pora bilan qolga tushdi


Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bolimi boshligining orinbosari M.B. 5000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qolga tushdi. Bu haqda Gazeta.uzhuquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanibxabar qilgan.

Qayd etilishicha, M.B. 19-avgust, chorshanba kuni Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan otkazilgan tezkor tadbir davomida hibsga olingan.

Tuman IIB bolim boshligining muovini qidiruvda bolgan shaxsning ushbu maqomini bekor qilish uchun 5000 dollar miqdorida pora soragan.

IIO xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan, biroq ishning Jinoyat kodeksining qaysi moddalari boyicha olib borilishi xususida malumot berilmagan. Holat yuzasidan tergov jarayoni davom etmoqda.

Avval ham Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tuzilmalarda pora bilan bogliq jinoyatlar sodir bolgani haqida xabarlar berilgan. Jumladan, 3-iyuldaDavlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda50 ming dollar pora olgan IIB mayori hibsga olingani, 27-iyulda esa Fargona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakiliqoshmachi ayoldan pora olayotganida ushlanganixabar qilingan.

Mavzuga doir:Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qoyishni vada qilib, 27 ming dollarini ozlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qozgatildi



Manba: Daryo.uz
: admin (19-08-2020, 21:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 6) ( 3)
:
-
:
20 ... -