» » O‘zbekistonda 19-avgust kuni 594 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 37 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 19-avgust kuni 594 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 37 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 18-avgust soat 23:30 dan 19-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 594 ta holat aniqlandi. Ketma-ket uchinchi kun kasallanish holatlari 600 taga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37112 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 594 kishining 537 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Shuningdek, O‘rtasaroy karantin markazida xorijdan kelgan 57 nafar fuqaro orasida COVID-19 aniqlangan.

Kun davomida 8 ta hududda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi.

SSV Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 79 yoshli M.K. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli A.K. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Andijon viloyatining Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli A.X. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 248 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 257 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 920 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

19-avgust kuni O‘zbekistonning 11 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 721 nafari sog‘aydi. Oxirgi 21 kun ichida 20-marta bir kunda sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 112 nafar bemordan 32 944 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 108) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют