» » Buxoro shahri hamda “Yetti pir” ziyoratgohlari yo‘nalishida transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Buxoro shahri hamda “Yetti pir” ziyoratgohlari yo‘nalishida transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


2020-yil 22-avgustdan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yo‘li yoqasida joylashgan “Sharq” bosh bekatidan soat 09:00 dan Buxoro shahri—Yetti pir ziyoratgohlari yo‘nalishida transport qatnovi boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar Ark Travel MChJning zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarida amalga oshiriladi.

Xabarga ko‘ra, Buxoro shahri va hamma ziyoratgohlar joylashgan tumanlarni bog‘lovchi ushbu transport yo‘nalishini tashkil qilish haqida 2019-yil mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan yig‘ilishda topshiriq berilgan. Oradan deyarli bir yil to‘rt oy vaqt o‘tgach mazkur topshiriqning ijrosi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Avval Toshkent shahri hamda Bo‘stonliq tumani yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют