» » Yevroittifoq Belarus fuqarolariga yordam berish uchun 53 mln yevro mablag‘ ajratadi

Yevroittifoq Belarus fuqarolariga yordam berish uchun 53 mln yevro mablag‘ ajratadi


Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqining Belarus xalqini qiyin damlarda qo‘llab-quvvatlash uchun 53 million yevro miqdorida mablag‘ ajratishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Sky News jurnalisti Endryu Konnell Twitter’da xabar bergan.

Pullar Belarus fuqarolik jamiyatiga va mamlakatdagi yordamga muhtoj odamlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

19-avgustda YeI ishtirokchi-davlatlari rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tgan va unda Belarusdagi vaziyat muhokama qilingan. Sammit qatnashchilari Belarusda o‘tgan saylovlar natijalarini tan olmadi va norozilik vaqtida kuchishlatar tizimlar orqali fuqarolarga zulm o‘tkazgan mamlakatdagi amaldorlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga qaror qildi.

Belarus MSK bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9-avgustda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa 10,1 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. G‘olibdan tashqari barcha nomzodlar saylovlarning yakuniy natijalari yuzasidan norozilik bildirgan. 9-avgust kuni Belarusda saylovlarning dastlabki natijalari e’lon qilinganidan keyin ko‘chalarda xalqning ushbu holatga nisbatan norozilik namoyishlari boshlagan.

Mavzuga doir: Belarusda nima gap? 19-avgustning asosiy voqealari

Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Yevropa Kengashiga videomurojaat bilan chiqib, Yevropa yetakchilaridan Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikni so‘ragandi.

Bunga qadar Kanada, Irlandiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgandi. AQSh prezidenti Donald Tramp ham Belarusda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirgan.

Shuningdek, Yevrokomissiya ittifoq mamlakatlarni Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholayotgani haqida xabar berilgan. BMT bosh kotibi Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga chaqirgan. Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini bergan va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют