» » O‘zbekistonliklarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani ma’lum qilindi


Mehnat ta’tili bilan kelgan yoki shartnoma loyihasini olgan O‘zbekiston fuqarolari Janubiy Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketish imkoniyati hozircha mavjud emas. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov AOKA zalida tashkil etilgan brifingda aytib o‘tgan.

Mavzuga doir: Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelgan fuqarolar ortga qaytishda qanday jarayonlardan o‘tishi kerakligi ma’lum qilindi

Biroq Norov hozirgi vaqtda bu borada tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilayotgani, natijasi haqida rasmiy axborot berilishini ham qo‘shimcha qilgan.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, xalqaro qatnovlar ham bekor qilingan. Mehnat ta’tili olib kelgan va shartnoma loyihasini olgan fuqarolarning Janubiy Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketish imkoniyati hozircha mavjud emas. Fursatdan foydalanib, Koreya Respublikasiga ishga ketish istagidagi yurtdoshlarimizga shu sohada tanish-bilishi borligi, ma’lum to‘lovlar evaziga ishga jo‘natish yoki bu jarayonni tezlashtirib berishni va’da qilayotgan turli firibgarlarga ishonmaslikni tavsiya qilamiz.

Ortiqxo‘ja Norov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi

Shuningdek, agentlik vakili Janubiy Koreyaga O‘zbekiston fuqarolarining kirishi O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ham qayd etgan.

“Iyul oyi o‘rtalarida O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin oshib ketgach, Koreya tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining samolyot bortiga chiqarilishi vaqtincha to‘xtatildi. Pandemiya bilan bog‘liq O‘zbekistondagi vaziyat koreyaliklar tomonidan muntazam kuzatib borilmoqda”, — deydi Norov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют