» » “Yandeks.Taksi” xizmati Yandex Go’ga aylandi

“Yandeks.Taksi” xizmati Yandex Go’ga aylandi


“Yandeks.Taksi” ilovasi Yandex Go nomi ostida faoliyat ko‘rsatishni boshladi. O‘zbekistonda hozircha uning faqatgina taksi va yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

U taksilardan tashqari “Ovqat” — restoranlaridagi yetkazib berish servislarini, “Do‘kon” — mahsulotlarni ekspress-yetkazib berish, “Drayv” — karshering, kuryerlik yo‘nalishi va yerusti transporti jadvallarini o‘zida birlashtiradi.

Dastlab Yandex Go’ning barcha imkoniyatlaridan shaharlarning faqatgina bir qismida foydalanish mumkin — karshering va mahsulotlar buyurtmasi uchun hududiy cheklov o‘rnatilgan.

“Biz yangidan yangi superilovalar ishlaydigan shaharni muntazam kengaytirish ustida ish olib bormoqdamiz”, — deyiladi kompaniya xabarida.

“Yandeks” Toshkent jamoat transportlaridagi vaziyatni ko‘rsatayotganiga qaramay, O‘zbekistonda uning faqatgina taksi va yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda “Yandeks.Taksi” xizmati 2018-yilning aprelida ishga tushgan bo‘lib, hozirda undan Farg‘ona, Marg‘ilon va Namanganda ham foydalanish mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют