O‘zbekistonda korrupsiya jinoyatlari haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti beriladi
Bosh prokuratura “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda:
Ikkinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida:
Uchinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lsa, bazaviy hisoblashning quyidagi miqdorida:
To‘rtinchidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
Hujjat tashabbuskorlarining aytishicha, Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun har yili qo‘shimcha o‘rta hisobda 300-500 million so‘m mablag‘lar talab etiladi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda hokimlar va rahbarlar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha malaka oshiradi
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi. 2020-yilning 11-fevralida mazkur organni tashkil etish masalalari bo‘yicha Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi. Iyun oxiriga kelib mamlakatda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi va unga “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov direktor etib tayinlandi.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
