» » UFC afsonasi Anderson Silvaning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

UFC afsonasi Anderson Silvaning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Anderson Silva oktabr oyida oktagonga qaytadi. Bu haqda jurnalist Brett Okamoto xabar qildi.

“Anderson Silva 31-oktabr kungi UFC Fight Night kechasida Yuraya Hollga qarshi qarshi jang bilan qaytadi.

Silvaning jamoasi bu yakkakurashchi uchun so‘nggi jang bo‘ladimi degan savolni ochiq qoldirdi. Anderson 45 yoshda va UFC bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra ikkita jangda ishtirok etishi kerak”, — deydi jurnalist.

UFC afsonasi 2019-yilda ikkita mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi: Israel Adesanya qarshi jangda ochkolar hisobiga, Jared Kannoyega qarshi jangda texnik nokaut bilan yutqazgan.

Anderson Silva MMA tarixida 45 ta jang o‘tkazib, 34 g‘alaba (26 ta muddatidan avval) qo‘lga kiritgan va o‘n marta mag‘lubiyatga uchragan. Shuningdek, bitta jang natijasi inobatga olinmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют