» » Superliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Bunyodkor” “So‘g‘diyona”ni yuta olmadi

Superliga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Bunyodkor” “So‘g‘diyona”ni yuta olmadi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasining 11-turi doirasidagi ilk bellashuvda Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida “So‘g‘diyona” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuv gollarga boy bo‘ldi. Avvaliga Javohir Qahramonov 34-daqiqada Jizzax klubini hisobda oldinga olib chiqqqan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Nurillo To‘xtasinov hisobni tenglashtirdi. 39-daqiqada esa Shohruz Norxonov yana jizzaxliklarning hisobda oldinga o‘tib olishini ta’minladi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Janubiy Koreya chempionatidan qaytib kelgan Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”ning o‘yindagi ikkinchi goliga muallif bo‘ldi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Lutfulla To‘rayev “qaldirg‘ochlar”ning hisobda oldinga o‘tishini ta’minlagan golga mualliflik qildi. O‘yindagi so‘nggi gol esa 77-daqiqada Shohruz Norxonov tomonidan urildi.

Shu tariqa Ulug‘bek Baqoyev hamda Vadim Abramov jamoalari jangovar durangga imzo chekdi. “Bunyodkor” ushbu durangdan so‘ng o‘z ochkolarini sonini 21 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalining 3-pog‘onasidan joy olib turibdi. “So‘g‘diyona” esa 12 ochkosi bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Coca-Cola Superliga

11-tur bahsi

20-avgust, juma

Gollar: 1:0 — 34 Javohir Qahramonov, 1:1 — 36 Nurillo To‘xtasinov, 2:1 — 39 Shohruz Norxonov, 2:2 — 48 Xurshid G‘iyosov, 3:2 — 52 Lutfulla To‘rayev, 3:3 — 77 (penalti) Shohruz Norxonov.

“So‘g‘diyona”: 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Ayubxon No‘’monov (17.Ivan Nagayev, 63), 8.Jamshid Boltaboyev (7.Sanjar Rashidov, 83), 10.Shohruz Norxonov (20.Bahodir Nasimov, 83), 11.Jasur Hasanov, 18.Shavkat Mullajonov (12.San’at Shixov, 54), 19.Javohir Qahramonov (21.Sahob Rashidov, 83), 22.Shahboz Jo‘rabekov, 93.Marko Kolakovich.

“Bunyodkor”: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 6.Anvar G‘ofurov, 10.Xurshid G‘iyosov, 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov (90.Shahboz Erkinov, 66), 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 48.Valeriy Akopov (49.Farrux Ikromov, 46).

Ogohlantirishlar: Lutfulla To‘rayev 43, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 66, Jamshid Boltaboyev 70.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют