» » O‘zbekistonda 20-avgust kuni 581 kishida koronavirus aniqlandi, 498 kishi COVID-19’dan tuzaldi

O‘zbekistonda 20-avgust kuni 581 kishida koronavirus aniqlandi, 498 kishi COVID-19’dan tuzaldi


O‘zbekistonda 19-avgust soat 23:30 dan 20-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 581 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun kasallanish holatlari 600 taga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 37693 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 581 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 65 yoshli K.K. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 54 yoshli I.M. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. ismli ayol vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli A.T. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan 68 yoshli M.B. ismli ayol vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 68 yoshli R.B. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 254 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 263 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3997 nafar bemordan 255 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

12-avgust kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 498 kishi koronavirusdan sog‘aydi. 5-avgustdan so‘ng birinchi marta kunlik sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish holatlaridan kam bo‘ldi.

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 693 nafar bemordan 33 442 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют