» » Toshkentdagi korxonadan 2 mlrd so‘mdan ortiq naqd pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentdagi korxonadan 2 mlrd so‘mdan ortiq naqd pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi


Toshkentdagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining binosiga bostirib kirib, taxminan 2 milliard so‘mdan ko‘proq naqd pullarni o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15-avgust kuni soat 21:30 dan 16-avgust kuni soat 17:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar, MChJ binosining tashqi derazasi, shuningdek, moddiy boyliklar saqlanadigan ombor eshigi va temir panjaralarini buzgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

So‘ng temir seyfning qulfini temir kesish uskunasi yordamida kesib, seyfning ichida hamda hisobchilar xonasida bir necha sumkalarga solingan taxminan 2 milliard so‘mdan ko‘proq naqd pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni oq rangli davlat raqamlari yechib olingan Lacetti avtomashinada kelgan 6 nafar fuqaro sodir etgani aniqlangan. Tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatga aloqador yana 2 nafar fuqarolar aniqlanib, ular o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib sodir etgani aniqlangan.

Hozirda jinoyatchilar Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘grilik) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. O‘g‘irlangan pullar tergov jarayonida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Yakkasaroyda o‘zi ishlagan joyning omboridan deyarli 154 mln so‘mlik kameralarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют