WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishga qaytdi
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishga qaytdi
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov davolanishni tamomlab, ishga qaytdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Shifokorlar sa’y-harakati bilan salomatligi tiklangan vazir odatdagidek o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sog‘liqni saqlash vaziri 29-iyul kuni rejali davolanish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizilgan edi. O‘sha vaqtda Alisher Shodmonovning koronavirusga chalinmagani, ishga 3?4 haftada qaytishi ma’lum qilingan edi.
Alisher Shodmonov davolanish vaqtida uning vazifasini O‘zbekiston bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev bajarib turdi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?