» » Sergelida 1680 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab foydalanishga topshirildi

Sergelida 1680 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab foydalanishga topshirildi


Toshkent shahar Sergeli tumani 9-qurilish hududida 21-avgust, juma kuni 1680 o‘ringa mo‘ljallangan 331-sonli maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu maktab ochilishida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ta’kidlanishicha, bu so‘nggi yillarda qurilgan eng katta quvvatga ega maktablardan biri hisoblanadi. Mazkur maktabni qurish jarayonida Prezident maktablari, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashgan maktablarning qurilish tajribasidan foydalanildi.

“Maktab shinam va sifatli mebellar, o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuterlar, zarur adabiyotlar va ko‘rgazmali qurollar bilan to‘liq ta’minlangan. Bu yerda o‘quvchilarning zamonaviy talablar darajasida bilim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

To‘rt qavatli maktabda 48 ta sinf xonasi, shu jumladan, 20 ta fan xonasi, 14 ta boshlang‘ich sinf xonasi va 14 ta chet tili xonasi, to‘liq jihozlangan kompyuter xonasi, kimyo, biologiya va fizika laboratoriyalari, shuningdek, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida jihozlangan texnologiya xonalari hamda elektron kutubxona mavjud.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mazkur maktabda ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi eng talab yuqori bo‘lgan maktab direktorlari orasida tanlov o‘tkazilib, nomzodlar Kuzatuv kengashlari tomonidan tanlab olingan. O‘qituvchilar esa test sinovlari asosida ishga qabul qilingan. Test sinovi natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 65 nafar pedagog ishga qabul qilingan.

Qayd etilishicha, tuman aholisi uchun yangi o‘quv joylari va sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda, ushbu maktab o‘qituvchilar va boshqa soha xodimlari uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratmoqda, ularning aksariyati ushbu hududdagi yangi qurilgan ko‘p qavatli binolarda yashaydi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, 2019-yilda Sergeli tumanida to‘rtta yangi maktabning qurilishi boshlangan edi. Hozirda ularning uchtasi, ya’ni 329, 330, 331-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari foydalanishga topshirildi.

Avvalroq davlat maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlashi yuzasidan sanitariya-me’yor qoidalari ishlab chiqilayotgani, shuningdek, 2020/2021-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul rejasining 90 foizi bajarilgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют