» » Qoraqalpogistonda beton ustunga urilgan Lacetti yonib ketdi

Qoraqalpogistonda beton ustunga urilgan Lacetti yonib ketdi


Qoraqalpogistonning Nukus shahrida ichida 4 nafar odam bolgan Lacetti tunda elektr ustuniga urilib yol-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda OzA xabar bergan.

Xabarda yozilishicha, 2020-yil 19-avgustda tungi soat taxminan 03:00 larda Nukusdagi A.Musayev kochasida Lacetti elektr tarmoqlarining beton ustuniga urilgan va transport vositasida yongin kelib chiqqan.

Yonboshlagan mashina salonidagi 4 nafar fuqaroning hayoti xavf ostida qolgan. Mazkur hududda xizmat olib borayotgan Qoraqalpogiston Respublikasi IIV patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari safdorlar M. Urazimbetov, N. Qolboyev, S. Abdiyev va T. Palimbetov yordamga kelib, ularni yonayotgan Lacetti ichidan chiqarib olgan.

Shuningdek, IIO xodimlari jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam yetib kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam korsatib, ularni shifoxonaga yuborgan. Voqea joyiga yetib kelgan yongin xavfsizligi xodimlari yonginni bartaraf etgan.

Hozirda ushbu kongilsizlikning kelib chiqish sabablari organilmoqda, deyiladi OzA xabarida.

Avval iyul oyida Qoraqalpogiston Respublikasi Qoraozak tumani Ichki ishlar bolimi boshligi xizmat mashinasida 1997-yilda tugilgan yigitni urib ketgani, jabrlanuvchihodisa oqibatida vafot etgani,Qongirot tumani Jasliq posyolka fuqarolar yigini hududidan otuvchi A-380 avtomobil yolida sodir bolgan yol-transport hodisasi oqibatida ikkita yuk mashinasi yonib ketgani va bir haydovchi halok bolgani,Amudaryo tumanida 13-avgust kuni spirtli ichimlik tasiridagi Nexia-2 mashinasi haydovchisi velosipedda ketayotgan ikki nafar bolalarni katta tezlikda urib ketib, ularning olimiga sabab bolgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-08-2020, 08:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -