» » Lionel Messi transferi yuzasidan faqat ikkita klub uning otasiga murojaat qilgani malum boldi

Lionel Messi transferi yuzasidan faqat ikkita klub uning otasiga murojaat qilgani malum boldi


Barselona sardori Lionel Messining jamoadagi kelajagi mavhum bolib qolmoqda.

Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilarning yozishicha, hozirda argentinalik futbolchiga faqat ikki klubdan qiziqish bor PSJ va Inter. Ularning vakillari vaziyatni organish uchun futbolchining otasi bilan boglangan.

Parijliklar klubi allaqachon Messini xarid qilish borasida reja ishlab chiqqan va buni moliyaviy feyr-pley qoidalaridan chetga chiqmagan holda uddalashni biladi. Parij shahri futbolchining turmush ortogi Antonellaga yoqadi, u yerda ularning koplab dostlari istiqomat qiladi.

Avvalroq futbolchiga davogarlar qatorida etirof etilgan Manchester Siti Messini taklif qilish borasida birorta harakatni amalga oshirmagan.

Takidlanishicha, Messi bir necha oydan buyon Barselonani tark etishni oylamoqda. Unga klubning ish yuritish tizimi va jamoa atrofidagi atmosfera yoqmayapti.

Avvalroq Messi Barselonaning yanig bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashgani va unga jamoani tark etish niyatida ekanini aytgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (22-08-2020, 11:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -